1

O`zbekiston klublarining Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi raqibi ma`lum bo`ldi

Sport 24.08.2023, 14:21
O`zbekiston klublarining Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi raqibi ma`lum bo`ldi

24 avgust kuni Kuala-Lumpurda Osiyo Chempionlar ligasining 2023/2024 yilgi mavsumi uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. 

O`zbekistonning ”Paxtakor”,   ”Nasaf”, ”Navbahor“ va AGMK futbol klublarining OChLning 2023/2024 yilgi mavsumi guruh bosqichidagi raqiblari nomi ma`lum bo`ldi.

AGMK tarkibiga Karim Benzemani qo`shib olgan ”Al-Ittihod“ bilan, ”Navbahor” esa Neymar bilan shartnoma tuzgan ”Al-Hilol“ bilan o`ynaydigan bo`ldi.

Qur`a natijasiga ko`ra, musobaqaning G`arbiy mintaqasidagi guruhlar quyidagicha ko`rinish oldi:

”A” guruhi: ”Paxtakor“ (O`zbekiston), ”Al-Fayha“ (Saudiya Arabistoni), ”Ahal” (Turkmaniston), ”Al-Ayn” (BAA);

”B“ guruhi: ”As-Sadd” (Qatar), ”Nasaf“ (O`zbekiston), ”Al-Faysali” (Iordaniya), ”Sharja” (BAA);

”S“ guruhi: ”Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni),       ”Sepahon” (Eron), ”Eyr Fors“ (Iroq), AGMK (Olmaliq);

”D” guruhi: ”Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni),          ”Nassaji Mozondaron” (Eron), ”Mumbay Siti“ (Hindiston), ”Navbahor” (O`zbekiston);

”E” guruhi: ”Persepolis“ (Eron), ”Duhayl” (Qatar), ”Istiqlol” (Tojikiston), ”An-Nasr” (Saudiya Arabistoni).

Guruh bosqichi uchrashuvlari quyidagi sanalarda bo`lib o`tadi:

1-tur. 18−20 sentyabr;

2-tur. 2−4 oktyabr;

3-tur. 23−25 oktyabr;

4-tur. 6−8 noyabr;

5-tur. 27−29 noyabr;

6-tur. 4−6 va 12−13 dekabr.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1