1

Hakam va futbolchilar kelishilgan o`yinlarni tashkil etishga uringani uchun futboldan umrbod chetlatildi

Sport 24.08.2023, 23:18
Hakam va futbolchilar kelishilgan o`yinlarni tashkil etishga uringani uchun futboldan umrbod chetlatildi

O`zbekiston futbol assosiasiyasi Etika qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston futbol assosiasiyasining futbol faoliyatini nazorat qilish bo`yicha maxsus inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan “Andijon SGS” klubi futbolchilari hamda O`zbekiston futbol hakamlari markaziy hakami Lochin Dolimovning kelishilgan o`yinlarda ishtirok etganligi to`g`risidagi ish ko`rib chiqildi. Bu haqda UFA xabar berdi.

O`zbekiston Pro ligasida hakamlik qilib kelgan O`zbekiston futbol hakamlari markazi hakami L.Dolimov o`zining tanishi orqali xorijdagi A. ismli shaxs bilan Telegram messenjerida aloqa o`rnatib, kelishilgan o`yinlarni tashkil etishga uringan. Shuningdek, L.Dolimov “Andijon SGS” klubining futbolchilari Shaxbozbek Jumaboev, Dilmurod Abdukaxxarov va Javohir Qilichev bilan til biriktirgan holda 2023 yil 25 may kuni Pro liga doirasidagi “Navbahor Farm” va “Andijon SGS” o`rtasidagi uchrashuvning najijasiga ta`sir o`tkazib, uchinchi shaxslar yordamida bukmekerlik kontoralari orqali pul tikib, moddiy manfaat ko`rganlar.

O`zbekiston futbol assosiasiyasi Etika qo`mitasi mazkur holat yuzasidan O`zbekiston futbol hakamlari markazi hakami L.Dolimovni O`FA Intizom kodeksining tegishli bandlarini buzgani uchun aybdor deb topdi. Unga nisbatan futbol bilan bog`liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish hamda jarima intizom jazosi qo`llanildi.

Shuningdek, “Andijon SGS” klubi futbolchisi Sh.Jumaboev O`FA Intizom kodeksining tegishli bandlariga asosan aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan bog`liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish hamda jarima intizom jazosi tayinlandi.

Yuqoridagilar bilan birga, futbolchilar D.Abdukaxxorov hamda J.Qilichev O`FA Intizom kodeksining tegishli bandlariga ko`ra aybdor deb topilib, D.Abduqaxxorovga nisbatan futbol bilan bog`liq faoliyatning barcha turidan 2 yil muddatga chetlatish hamda jarima intizom jazosi; J.Qilichevga nisbatan esa futbol bilan bog`liq faoliyatning barcha turidan 1 yil muddatga chetlatish hamda jarima intizom jazosi tayinlandi.

O`zbekiston futbol assosiasiyasi kelishilgan o`yinlarni aniqlash bo`yicha FIFA, OFK, “Sportradar” va boshqa tegishli tashkilotlar bilan bilan muntazam ravishda hamkorlik qilib kelayotganligini ma`lum qiladi. O`z navbatida, kelgusida aniqlanadigan holatlar yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan qat`iy choralar ko`rilishi to`g`risida ogohlantiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1