2023 yil 20 avgust kuni tungi soat 00:36 lar atrofida Samarqand viloyati, Urgut shahri markazidan o`tuvchi Navoiy shohko`chasida sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
"Malibu-2" mashinasi Navoiy shohko`chasining "Bog`ishamol" MFY hududidan o`tuvchi qismida harakatlanib kelayotgan vaqtida yo`lning chap tomonidan o`ng tomoniga harakatlanib o`tayotgan piyodani urib yuborib, YTH sodir etgan.
Oqibatda piyoda og`ir tan jarohatlari olgan va haydovchi tomonidan zudlik bilan tibbiyot birlashmasiga etkazilgan. Biroq tibbiyot xodimlari ko`rsatgan muolajalariga qaramasdan piyoda vafot etgan.
Holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






