1

Hasanboy Do`smatovdan tortib Bahodir Jalolovgacha... Prezident bir guruh sportchi va murabbiylarni taqdirladi

Sport 25.08.2023, 21:31
Hasanboy Do`smatovdan tortib Bahodir Jalolovgacha... Prezident bir guruh sportchi va murabbiylarni taqdirladi

O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining o`ttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e`lon qilindi. 

Unga ko`ra, mamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, yurtimizning xalqaro maydondagi shon-shuhratini yuksaltirishga qo`shgan katta hissasi, sport sohasiga qaratilayotgan e`tibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, o`zining azmu shijoati va yuksak mahorati bilan nufuzli musobaqalarda ulkan natijalarga erishib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgani, aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib etish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, milliy, umumbashariy qadriyatlar ruhida etuk va barkamol etib tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlandi:

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Maxsitov Baxodir - O`zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

G`afurov Davron Dilmuradovich - O`zbekiston boks federasiyasi murabbiysi

Xudayberganov Jamshid Ismailovich - Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining dzyudo bo`yicha murabbiysi, Xorazm viloyati

Yarashov Ergali Abubakirovich - Qibray tumani sport maktabining boks bo`yicha murabbiysi, Toshkent viloyati

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan

Abdullaev Ruslan Anvar o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Do`smatov Xasanboy Marfjon o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Jalolov Bahodir Isomiddin o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Mo`ydinxo`jaev Asadxo`ja Zohidxo`ja o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Turoboev Muzaffarbek Toshtemir o`g`li - Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Xaloqov Abdumalik Anvar o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

«Do`stlik» ordeni bilan

An Dmitriy Mixaylovich - Toshkent shahridagi «Paxtakor» futbol akademiyasining yoshlar jamoasi murabbiysi

Baraban Igor Petrovich - O`zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisining maslahatchisi

Muminova Gyozal Baxodirovna - Gimnastika bo`yicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktorining o`rinbosari

Savinova Irina Aleksandrovna - Farg`ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo`yicha murabbiysi

I darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Bobonov Davlat Husniddin o`g`li - Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Kondakova Muxabbat Bakievna - Namangan viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o`q otish bo`yicha murabbiysi

II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Azizov Ulug`bek Azim o`g`li - Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Kiyamova Nellya Esxatovna - Sport yakkakurashlari bo`yicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzyudo bo`yicha murabbiysi

Qobulov Nurali O`ktamovich - Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Tadjiev Baxadir Muxitdinovich - O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi tasarrufidagi Jismoniy tarbiya va sport sog`lomlashtirish ishlari boshqarmasi boshlig`i

Toygonbaev Ziyatdinbek Kurmanbekovich - Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo`yicha murabbiysi

«Sog`lom turmush» medali bilan

Abduvaliev Andrey Xakimovich - O`zbekiston engil atletika federasiyasi raisining o`rinbosari

Kazakova Anna Valerevna - O`zbekiston Milliy paralimpiya qo`mitasining engil atletika bo`yicha murabbiysi

Kun Elena - O`zbekiston triatlon federasiyasi bosh kotibi

Yusupov Nurmuxammad Tursunovich - Qorako`l tumanidagi kurash to`garagi rahbari, Buxoro viloyati

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abdullaev A`loxon Ayubxon o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Baratov Dilshodbek Baxtiyor o`g`li - Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Boymurodov Otabek Odiljonovich - Futbol bo`yicha O`zbekiston yoshlar terma jamoasi a`zosi

Jabborova Tursunoy Valijon qizi - Og`ir atletika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Jafarov Saidjamshid Rustam o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Jo`raev Oybek Odilbek o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Yo`ldoshev Murodjon Quvondik o`g`li - Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Mullojonov Lazizbek Hasanjon o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Raxmonaliev Umarali Maxamadali o`g`li - Futbol bo`yicha O`zbekiston yoshlar terma jamoasi a`zosi

Fayzullaev Abbosbek Sayidjon o`g`li - Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Xusanov Abduqodir Xikmatjon o`g`li - Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Yusupov Alisher Xalimboevich - Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

«Shuhrat» medali bilan

Avezov Xamza Istamovich - Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks bo`yicha murabbiysi, Buxoro viloyati

Raximjanov Ilyas Burixanovich - Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo`yicha katta murabbiysi

Sobirov Maxkambek Umarjonovich - To`raqo`rg`on tumani sport maktabining futbol bo`yicha murabbiysi, Namangan viloyati

Sobirov Paxlavonjon Anvarjonovich - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining taekvondo bo`yicha murabbiysi, Toshkent viloyati

To`ychiev Alisher Kurbanovich - Farg`ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo`yicha murabbiysi

Turaboev Bekzod Saitkulovich - Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Umarov Elbek Aloxiddinovich - Sport yakkakurashlari bo`yicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzyudo bo`yicha murabbiysi

Xasanov Akmal Yo`ldoshevich - Sport yakkakurashlari bo`yicha respublika oliy sport mahorati maktabining boks bo`yicha murabbiysi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1