1

Achchiq dardga – achchiq piyoz davo

Salomatlik 21.10.2016, 12:09
Teglar: Salomatlik
Achchiq dardga – achchiq piyoz davo

Shamollash va tumovga qarshi samarali malham sanalmish shifobaxsh piyoz ayollarning go`zallikka daxldor muolajalarida ham benazir vosita bo`la oladi.

 

So`gal va piyoz  

So`galdan xalos bo`lish uchun piyoz po`stidan tayyorlangan malhamni surtish kerak. Ya`ni piyoz po`stini yaxshilab maydalagach, uni 3:1 nisbatda eritilgan qo`y yog`i bilan aralashtirish lozim. Agar hayvon yog`ini qo`llashni istamasangiz, dorixona vazelini yoki istalgan yog`li kremdan  foydalanishingiz mumkin. Ushbu malhamni kuniga bir bor uyqudan avval so`gal ustidan surtasiz va doringizni sovutgichda saqlaysiz. 

 

Darmondorilar xazinasi

  • Organizmning umumiy holatini yaxshilash uchun 1 piyola piyoz po`stini 1 litr qaynagan suvda 20 daqiqa damlab, kuniga 3 – 4 marta ichib turing.
  • Darmonsizlikni bartaraf etishda piyoz po`sti va foydali mevalardan tayorlangan damlama juda qo`l keladi. Bunday shifobaxsh ichimlikni tayyorlash uchun 2 osh qoshiq maydalangan piyoz  po`sti, 1 osh qoshiq na`matakka 2 stakan qaynagan suv solib, issiq turishi uchun 2 soat o`rab qo`ying. So`ng uni suzib olib, kuniga besh osh qoshiqdan uch mahal iste`mol qiling.

Varikoz muolajasi 

Ayollarning ashaddiy dushmanlaridan biri hisoblanmish varikozni davolash va uning oldini olish uchun ham piyoz ko`makka keladi. Varikoz profilaktikasida oyiga ikki marta 3-4 litr piyoz po`sti damlamasidan oyoq uchun vanna qabul qilish lozim.

Agar kasallik belgilari paydo bo`la boshlasa, piyozli malham  sizga yordam beradi. Buning uchun:

  • bir piyola maydalangan piyoz po`sti
  • 100 ml. o`simlik yog`i
  • 2 choy qoshiq olma sirkasi

Bularning barini aralashtirib, o`n to`rt kun salqin joyda saqlash lozim.

Davolash usuli:

Uyqu oldidan avval piyoz damlamasi bilan 20 daqiqa vanna (oyoq uchun) qabul qilinadi. So`ng oyoqni sovuq suvda chayib, tayyor malhamdan surtiladi.  

Sochlarim jiloli bo`lsin desangiz

2 osh qoshiq piyoz po`stini 2 st. qaynagan suvda 6 soat damlab, soch ildiziga surtish kerak va 30-40 daqiqadan keyin chayib tashlanadi.  Ikki oy mobaynida haftasiga ikki bor shunday muolaja qilsangiz, natijasidan mamnun bo`lasiz.

Shuningdek, piyozli damlama tabiiy bo`yoq hisoblangani uchun sochga oltinrang jilo beradi.  

Ajinlar kushandasi

Bir dona piyozni po`sti bilan birga yumshoq  bo`lgunicha qaynatasiz. So`ng ezib, yog`li smetana yoki qatiq bilan (1:1 nisbatda) aralashtirasiz va yuzingizga surtasiz. Oradan 15-20 daqiqa o`tgach esa so`ng iliq suv bilan chayasiz. 

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1