1

Qirg`iziston Prezidenti “Barselona” klubi afsonalariga qarshi futbol o`ynaydi

Sport 28.08.2023, 22:03
Qirg`iziston Prezidenti “Barselona” klubi afsonalariga qarshi futbol o`ynaydi

Joriy yilning 30 avgust kuni Qirg`izistonning Bishkek shahrida Markaziy Osiyoning taniqli sobiq futbolchilari va Ispaniyaning “Barselona” klubi afsonalari o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahsda mamlakat rahbari Sadir Japarov ham “Osiyo afsonalari” tarkibida o`ynaydi. Bu haqda Prezident Administrasiyasi rahbari Dayirbek Orunbekov ma`lum qildi.

O`zbekistonlik taniqli futbol hakami, O`zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Ravshan Ermatov boshqarib boradigan Ispaniyaning “Barselona” klubi afsonalari va “Osiyo afsonalari” o`rtasida tashkil etilayotgan o`rtoqlik uchrashuvida Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov ham maydonga tushadi. 

Davlat rahbarining Osiyo jamoasi tarkibida maydonga tushishi haqida xabar topgan “Barselona” klubi murabbiyi Albert Ferrer ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qirg`izistonliklarga murojaat qilib, bu holatni ijobiy baholadi. 

“Sizning omadingiz kulgan, hozir sizda futbol o`ynay oladigan eng yaxshi Prezident bor”, deydi u. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1