AsosiyDunyo

Qirg`iziston Issiqko`ldagi 4 ta pansionatni 49 yilga O`zbekistonga berdi, yana 15 tasiga investor qidirmoqda

'Qirg`iziston Issiqko`ldagi 4 ta pansionatni 49 yilga O`zbekistonga berdi, yana 15 tasiga investor qidirmoqda'ning rasmi

Qirg`iziston Issiqko`ldagi “Oltin qum”, "Dilorom", "Rahat" va "Buston" pansionatlarini O`zbekistonga berdi. Cho`lpon-Otada bo`lib o`tgan ikki davlat hukumatlararo komissiyasi yig`ilishida shunday kelishuvga erishildi. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston" xabar qilmoqda. 

Davlat mulkini boshqarish agentligining aytishicha, hozirda 4 ta ob`ekt ham rentabelsiz, ayrim xonalari esa yaroqsiz holatda. O`zbekistonlik sarmoyadorlar har bir pansionatga 15-20 million dollar sarmoya kiritishga va`da bermoqda.

"Pansionatlar erlari ijara asosida beriladi, buning evaziga o`zbek kompaniyalari ob`ektlarni rekonstruksiya qiladi. Bunday mexanizm umume`tirof etilgan xalqaro amaliyot hisoblanadi. Ishchilarning kamida 80 foizi qirg`izlar bo`ladi. ”, dedi agentlik.

Hokimiyat pansionatlarning rekonstruksiya qilinishi viloyat iqtisodiyotiga ko`p tomonlama samara beradi, deb kutmoqda: yiliga 130 million so`mdan ortiq soliq, 800 ish o`rni, mahalliy aholi uchun tadbirkorlik imkoniyatlari.

Qayd etilishicha, ilgari ushbu pansionatlar O`zbekiston kompaniyalari tomonidan boshqarilgan bo`lsa, 2016 yilda Qirg`iziston ularni o`z balansida ro`yxatdan o`tkazgan.

Shuningdek, Qirg`iziston prezidenti Issiqko`ldagi 15 ta davlat pansionatini mahalliy va xorijiy investorlarga 49 yilga ijaraga berish niyatida ekanligini ma`lum qildi.

"Marhamat, oling. Mehmonxonalar quring va ishlang. Sarmoyangiz tezda o`zini oqlaydi, degan gapdan yiroqman, lekin ishonchim komilki, 49 yildan keyin o`zingizga 3-4 barobar ko`p qaytib keladi. Nega shunday deb so`ragan fuqarolarga tushuntiraman: Davlat puliga mehmonxona qurish mumkin emas. Mamlakatda pul bor lekin uni uzoq muddatli biznesga sarmoya qilish maqsadga muvofiq emas. Hammasini hisoblab chiqdik shuning uchun qurmaymiz. Investorlarga qo`yiladigan talab: qurilishni darhol boshlash kerak, sublizing taqiqlangan. Agar pul bo`lsa, 2 yildan keyin hashamatli mehmonxona qurishingiz mumkin ", - dedi Japarov.

    Boshqa yangiliklar