AsosiyDunyo

Prigojinning dafn marosimi Sankt-Peterburgda bo`lib o`tdi (video)

'Prigojinning dafn marosimi Sankt-Peterburgda bo`lib o`tdi (video)'ning rasmi

"Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Evgeniy Prigojinning dafn marosimi Sankt-Peterburg qabristonlaridan birida bo`lib o`tdi. Bu haqda Prigojinning matbuot xizmati xabar berdi. 

"Evgeniy Viktorovich bilan vidolashuv yopiq formatda bo`lib o`tdi. Vidolashmoqchi bo`lganlar Poroxov qabristoniga tashrif buyurishlari mumkin", deyiladi xabarda.
Hozircha Prigojinni so`nggi manzilga kuzatish joyi ma`lum qilinmagan.

Poroxov qabristoni xodimining aytishicha, tadbirkor otasining yoniga dafn etilgan. Dafn marosimi yaqinlarining iltimosiga ko`ra yopiq shaklda o`tkazilgan.

“Ular bu ishni reklama qilmaslikni so`rashdi”, deya qo`shimcha qilgan qabriston ishchisi.

    Boshqa yangiliklar