1

Murodjon Ahmadalievning navbatdagi raqibi kimligi aytildi

Sport 30.08.2023, 11:21
Murodjon Ahmadalievning navbatdagi raqibi kimligi aytildi

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) o`zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliev va meksikalik Kevin Gonsales jangiga buyruq berdi. Bu haqda tashkilot o`z sahifasida ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Ahmadaliev va Gonsales tomonlari 30 kun ichida jang bo`yicha kelishuvga erishishi kerak. Agar tomonlar murosaga kela olmasa WBA har ikki bokschiga 50 foizdan gonorar taqsimlashni taklif qiladi.

Ma`lumot uchun, Ahmadaliev profboksda 12 ta jang o`tkazib, 11 ta g`alaba qayd etgan. U oxirgi jangida filippinlik Marlon Tapalesga mag`lub bo`lib, o`ziga tegishli bo`lgan WBA va IBF kamarlarini boy bergandi. 

Kevin Gonsales esa profringda 26 ta jang o`tkazgan va hali biror marta mag`lubiyatga uchramagan. Uning 1 ta jangida durang qayd etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1