Evropa chempionlar ligasi 3-tur uchrashuvlari yakuniga ko`ra Evropa futbol ittifoqi (UEFA) matbuot xizmati mazkur turning ramziy terma jamoasini e`lon qildi.
Ramziy termadan "Barselona"ning ikki a`zosi Lionel Messi va Andres Inesta joy oldi. "Arsenal"dan ham ikki nafar futbolchi — Mesut O`zil va Aleks OksleydChemberlen ramziy terma safiga kiritildi.
Quyida EChL 3-tur ramziy termasidan o`rin olgan futbolchilar bilan tanishing.
Darvozabon: Janluiji Buffon (“Yuventus”);
Himoyachilar: Layuk (“Portu”), Xuanfran (“Atletiko”), Ferreyra (“Sevilya”);
Yarim himoyachilar: Oksleyd-Chemberleyn (“Arsenal”), Mesut O`zil (“Arsenal”), Andres Inesta (“Barselona”), Aren Robben (“Bavariya”);
Hujumchilar: Lionel Messi (“Barselona”), Edinson Kavani (“PSJ”), Dris Mertens (“Napoli”).






