Qayd etilishicha, mamlakat Madaniyat vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoq kontenti monitoringi o`tkazilgan. Ko`plab murojaatlarni inobatga olgan holda va o`tkazilgan monitoring asosida vazirlik Qirg`iziston hududida Tik Tok xizmatini tarqatish faoliyatini to`xtatishga qaror qilgan. Bu haqda Qirg`iziston madaniyat vazirligi ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, TikTok foydalanuvchini qisqa kliplarning virtual olamiga cho`mdiradi, ularni ko`rgandan so`ng o`smirlar ma`lum videolarni takrorlashga urinadi, ularning ba`zilari hayoti uchun xavf tug`diradi. Bundan tashqari, bolalar ruhiyati hali ham beqaror, u endigina shakllanmoqda va bunday kontent yosh avlodning hissiy holatiga salbiy ta`sir qiladi.
Qaror Qirg`iziston Respublikasi qonunchiligi doirasida kelgusida amalga oshirish uchun mamlakat Raqamli rivojlanish vazirligiga yuborildi.






