AsosiyDunyo

Qozog`istonda prezident administrasiya rahbari o`rinbosarlari lavozimlari tugatildi

'Qozog`istonda prezident administrasiya rahbari o`rinbosarlari lavozimlari tugatildi'ning rasmi

Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev davlat rahbari administrasiyasini qayta tashkil etish to`g`risidagi farmonni imzoladi, unga ko`ra administrasiya rahbari o`rinbosarlari lavozimlari tugatildi.

“Ushbu hujjatga muvofiq, Prezident administrasiyasining yangilangan tuzilmasi quyidagilardan iborat bo`ladi:

  • Prezident administrasiyasi rahbari;
  • xavfsizlik kengashi kotibi;
  • Prezident kanselyariyasi rahbari;
  • prezident yordamchilari;
  • prezident maslahatchilari;
  • Prezident administrasiyasi bo`limlari”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, prezidentning ichki siyosat va kommunikasiyalar, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, huquq, shuningdek, fan va innovasiyalar bo`yicha yordamchilari lavozimlari tashkil etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar