AsosiyJamiyat

SSV yangilangan asosiy dori vositalari ro`yxatini tasdiqladi

'SSV yangilangan asosiy dori vositalari ro`yxatini tasdiqladi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirining buyrug`i bilan yangilangan asosiy dori vositalari ro`yxati tasdiqlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`zbekistonning asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlari ro`yxatini tuzish bo`yicha yo`riqnomaga muvofiq, asosiy dori vositalari ro`yxati (ADVR) O`zbekiston hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflash asosida shakllantiriladi.

Mazkur ro`yxatdan:

  • tibbiyot muassasalarining ehtiyojini tahlil qilishda;
  • xaridlarni oqilona tashkil etish va dori vositalarini taqsimlashda;
  • xodimlarni uni to`g`ri qo`llashga o`rgatishda;
  • mahalliy farmasevtika korxonalari tomonidan asosiy dori vositalari ishlab chiqarilishini rag`batlantirishda;
  • asosiy dori vositalari mavjudligini monitoring qilish va narxini shakllantirishda foydalaniladi.

Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomi bilan dozasi va chiqarilgan shakli ko`rsatilgan holda ADVR'ga kiritiladi. Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomga ega bo`lmagan taqdirda, uning o`rnini bosuvchi nom yoki tarkib ko`rsatiladi.

Yangi ro`yxatda 65 guruhga mansub dori vositalari o`rin egallagan. Ularning to`liq ro`yxati bilan quyidagi havola orqali tanishsh mumkin.

    Boshqa yangiliklar