AsosiyJamiyat

2026 yilda Xalqaro informatika va Xalqaro kimyo olimpiadalari O`zbekistonda o`tkaziladi

'2026 yilda Xalqaro informatika va Xalqaro kimyo olimpiadalari O`zbekistonda o`tkaziladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Vengriyada bo`lib o`tgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida Dilyorbek Valijonov va Dilshodbek Xo`jaev bronza medallarini qo`lga kiritdi. Bu O`zbekiston uchun ushbu fan bo`yicha olimpiadadagi ilk medallar bo`ldi. 

Shu bilan birgalikda mazkur tadbirda O`zbekiston delegasiyasi 2026 yilda yurtimizda ushbu nufuzli olimpiadani o`tkazish uchun arizani taqdimot qildi va Komissiya a`zolari  IOI 2026 yilda O`zbekistonda o`tkazishni ma`qullaganini e`lon qildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov xabar qilmoqda. 

"Ushbu nufuzli olimpiadani ilk bor O`zbekistonda 2026 yilda yuqori saviyada o`tkazilishiga Raqamlashtirish vazirligi va IT Park Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi bilan bir jamoa bo`lib tayyorgarlik qilamiz nasib qilsa", - deb yozgan vazir.

Shuningdek, ma`lum bo`lishicha, 2026 yilda Xalqaro kimyo olimpiadasi ham O`zbekistonda o`tkaziladi. 

    Boshqa yangiliklar