AsosiyJamiyat

Vazir yangi o`quv yili boshlanishi munosabati bilan o`qituvchi va o`quvchilarni tabrikladi

'Vazir yangi o`quv yili boshlanishi munosabati bilan o`qituvchi va o`quvchilarni tabrikladi'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri Hilola Umarova yangi o`quv yili boshlanishi bilan o`qituvchi hamda o`quvchilarni tabrikladi.

"Hurmatli xalq ta`limi tizimi xodimlari!
Aziz o`quvchilar!

Avvalo, barchangizni yangi o`quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

So`zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta`limga juda katta e`tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, etishtirishga qaratilgan.

Yangi o`quv yilida bolajonlarimizni ko`plab yangiliklar, xususan boshlang`ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo`lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda maktab ta`limining o`rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o`z ishining ustasi bo`lgan ustozlarimizga suyanamiz.

Ta`til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o`quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o`zaro sohadagi yangiliklarni bo`lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o`qituvchi sifatli ta`limning boshida turadi.

Qadrli ustozlar,
aziz o`quvchilar!

Yangi o`quv yilida sizga omad va zafar yor bo`lishini tilayman.

Fanlarni chuqur o`rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo`lib etishishingizga tilakdoshman!

Barchangizga muvaffaqiyat yor bo`lsin!", dedi vazir.

    Boshqa yangiliklar