Bir oy ichida 46 milliard 229 million so`mlik gaz va elektr talon-taroj qilinganligi aniqlandi

Jinoyat 05.09.2023, 15:46
Bir oy ichida 46 milliard 229 million so`mlik gaz va elektr talon-taroj qilinganligi aniqlandi

Joriy yilning avgust oyida 785 ta holatda iste`molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda

Qayd etilishich, elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 46 mlrd 229 mln so`mlik zarar etkazilgan.

Bunda 29 mln 104 ming metr kub tabiiy gaz (26 mlrd 297 mln so`m) va 38,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (19 mlrd 932 mln so`m) talon-toroj qilinishi natijasida tizimga keltirilgan 46 mlrd 229 mln so`m zarar undirishga qaratildi.

Noqonuniy foydalanishning eng ko`p holatlari Andijon, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlariga to`g`ri keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1