AsosiyDunyo

Marokashda zilzila qurbonlari soni ikki mingdan oshdi

'Marokashda zilzila qurbonlari soni ikki mingdan oshdi'ning rasmi

Marokashda 9 sentyabr kuni yuz bergan 6,8 magnitudali kuchli zilzila qurbonlari soni 2000 kishidan oshdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ichki ishlar vazirligining ma`lum qilishicha, 1400 dan ortiq odam og`ir jarohatlangan, eng og`ir talafotlar Marrakesh janubidagi viloyatlarda qayd etilgan.

Qirol Muhammad VI uch kunlik milliy motam e`lon qildi va omon qolganlarga boshpana, oziq-ovqat va boshqa yordam ko`rsatishni buyurdi.

“O`lganlar soni 2012 kishiga ko`paydi, 2059 kishi jarohat oldi, ulardan 1404 nafari og`ir jarohat oldi”, — deyiladi xabarda.

Ko`p odamlar ikkinchi tunni ochiq havoda o`tkazgan. Jahon banki Marokashdagi zilzila qurbonlariga har tomonlama yordam ko`rsatishga va`da berdi.

    Boshqa yangiliklar