1

Yodgor Sa`diev “Hamdo`stlik yulduzlar” davlatlararo mukofoti bilan taqdirlandi

Madaniyat 12.09.2023, 22:02
Yodgor Sa`diev “Hamdo`stlik yulduzlar” davlatlararo mukofoti bilan taqdirlandi

O`zbekiston xalq artisti, O`zbek Milliy drama teatri bosh direktori, rejissyor, aktyor Yodgor Sa`diev “Hamdo`stlik yulduzlari” davlatlararo mukofotiga sazovor bo`ldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi. 

Mazkur mukofot Ijodiy va ilmiy ziyolilar forumida ustoz san`atkor Yodgor Sa`dievga tantanali tarzda topshirildi. Shuningdek, Bahrom Norboev “Debyutlar hamdo`stligi” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Aytish joizki, MDHga a`zo davlatlar ijodiy va ilmiy ziyolilarining XV forumiga o`tgan yili Toshkent shahri mezbonlik qilgan edi.

Bu yil Bishkek shahrida bo`lib o`tayotgan MDH davlatlari ijodkor ziyolilarining xalqaro forumi doirasida o`zbekistonlik san`at va madaniyat vakillariga ham ushbu mukofot topshirilgani quvonarlidir.

– Chingiz Aytmatovdek buyuklari bor yurt e`tibori va e`tirofidan nihoyatda xursandman, – deydi Yodgor Sa`diev.  – Bu hamdo`stlik rishtalari ijod ahliga juda katta ilhom va shijoat bag`ishlaydi. Ijodiy loyihalarimizga ijobiy turtki beradi. 

Aytish joizki, ushbu mukofot 2008-yilda ta`sis etilgan bo`lib, 2009-yili ilk bor o`z sohiblariga taqdim etilgan. Mazkur mukofot madaniyat, san`at, ta`lim, ilm-fan yo`nalishida samarali ijod qilib kelayotgan, do`stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, MDH mamlakatlaridagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga oid loyihalarda faol ishtiroki uchun beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1