AsosiySiyosat

“Markaziy Osiyo–Koreya Respublikasi” forumi Ashxobodda o`tkaziladi

'“Markaziy Osiyo–Koreya Respublikasi” forumi Ashxobodda o`tkaziladi'ning rasmi

Navbatdagi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” hamkorlik forumi noyabr oyida Ashxobodda Turkmaniston raisligida o`tadi. Bu haqda TDH agentligi Prezident Serdar Berdimuhamedovning Janubiy Koreya etakchisi Yun Sok Yol bilan uchrashuvidan keyin ma`lum qildi.

Agentlik xabariga ko`ra, etakchilar Nyu-Yorkda gaplashgan. 

Turkmaniston rahbari “forum mintaqa darajasidagi iqtisodiy va madaniy-gumanitar loyihalarni Janubiy Koreya bilan hamkorlikda muvofiqlashtirishga xizmat qiladi”, deb ta`kidlagan. 

Tomonlar Turkmaniston–Janubiy Koreya aloqalari va o`zaro manfaatli hamkorligi teng huquq, hurmat va ishonch tamoyiliga asoslangan holda faol rivojlanishiga ishonch bildirdi. 

Davlat rahbarlari, shuningdek, ikki davlat munosabatini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqish uchun zarur sa`y-harakatlarni birga amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

    Boshqa yangiliklar