AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 27 ta bukmekerlik xizmatlarni targ`ib qiluvchi sayt bloklandi

'O`zbekistonda 27 ta bukmekerlik xizmatlarni targ`ib qiluvchi sayt bloklandi'ning rasmi

Ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda, tashqi reklama vositalarida joylashtirilgan (tarqatilgan) reklamalarni qonunchilik hujjatlariga mosligi yuzasidan jami 24 mingdan ortiq o`rganishlar o`tkazildi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Raqobatni rivojlantirish  va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi raisi o`rinbosari Asadulla Qayumov ma`lum qildi.

 Bulardan televidenieda 308 ta, radio 247 ta, tashqi reklama vositalaridagi 19 mingdan ortiq, bosma nashrlarda 236 ta, va 4,5 mingdan ortiq internet va ijtimoiy tarmoqlarga to`g`ri keladdi. O`rganish (monitoring)lar natijasida 8 mingdan ortiq holatda turli kamchiliklar aniqlanib, ularni tezkor bartaraf etish choralari ko`rilgan. 

Shu bilan birga, so`nggi yillarda ommalashib borayotgan axborot almashish va tarqatish manbai hisoblangan ijtimoiy tarmoqlarda 4 500 dan ortiq reklamalar yuzasidan o`rganishlar o`tkazilgan, shundan (Facebook - 144 ta, Instagram - 344 ta, Telegram - 4 108 ta) qonunbuzilish holatlari aniqlangan va bartaraf etilgan.

Iste`molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qilish maqsadida ovqatga qo`shiladigan biologik faol qo`shimchalarning va oziq-ovqat qo`shimchalari reklamasini nazorat qilish bo`yicha Sog`liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlik yo`lga qo`yilgan.

Shu asosida, Qo`mita tomonidan biologik faol qo`shimchalar, malhamlar, surtmalar, balzamlar, damlamalar, shifobaxsh va ma`danli suvlarning reklamasida qayd etilgan xususiyati yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligidan 150 dan ortiq holat bo`yicha eskpert xulosasi olin 103 ta holat bo`yicha kamchiliklar bartaraf etilgan.

Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi bilan hamkorlikda reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar ko`rish maqsadida bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targ`ib qiluvchi saytlarga kirishni bloklash choralari ko`rilmoqda.

Xususan, olib borilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targ`ib qiluvchi 92 ta veb-saytni bloklash bo`yicha AOKAga takliflar kiritilgan bo`lib, shundan 27 ta sayt bloklangan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar va bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish holatlari bo`yicha ichki ishlar organlariga 11 ta xatlar kiritilgan.

Bugungi kunda Qo`mita tomonidan reklama beruvchi (tayyorlovchi, tarqatuvchi, buyurtmachi)larni qonun talablariga rioya etilishini ta`minlash yuzasidan turli soha va yo`nalishda 400 dan ortiq ogohlantirish xatlari berildi.

Shu o`rinda, fursatdan foydalanib reklamalarning davlat tili qoidalariga mosligini ta`minlashga doir masalalariga to`xtalib o`tmoqchiman.

Qo`mita tegishli mas`ul idoralar bilan birgalikda respublikamizda mavjud tashqi reklama ob`ektlaridagi reklamalarning davlat tili qoidalariga mosligini o`rganish yuzasidan jami 9 ming dan ortiq monitoringlar o`tkazildi.

Shundan, 3 ming dan ortiq (35 foiz) reklamalar davlat tili qoidalariga muvofiq emasligi aniqlangan va ularni tezkor bartaraf etish choralari ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar