AsosiyDunyo

Rossiyada ichida o`zbekistonliklar bo`lgan avtomobil YTHga uchradi. Qurbonlar bor

'Rossiyada ichida o`zbekistonliklar bo`lgan avtomobil YTHga uchradi. Qurbonlar bor'ning rasmi

Ma`lum bo`lishicha, hodisa 21 sentyabr kuni taxminan soat 12:10 da Saratov viloyatida Mokrous qishlog`i yaqinida sodir bo`lgan.

Viloyat prokuraturasi bergan xabarga ko`ra, Ssania yuk mashinasi va Lada Largus avtomobili to`qnashgan. Hodisa oqibatida Lada Largus`da bo`lgan bir erkak va bir ayol halok bo`ldi, yana 5 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu holat bo`yicha prosessual tergov harakatlari olib borilmoqda. Uning borishi va natijalari Rossiya prokuraturasi nazoratida.

    Boshqa yangiliklar