AsosiySiyosat

Prezident “BYD” kompaniyasi asoschisi Van Chuanfuni qabul qildi

'Prezident “BYD” kompaniyasi asoschisi Van Chuanfuni qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 sentyabr kuni Xitoyning etakchi “BYD” kompaniyasi prezidenti va asoschisi Van Chuanfu boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Ta`kidlash joizki, “BYD” kompaniyasi zamonaviy elektromobillar va yangi avlod akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarish sohasida global etakchi hisoblanadi. Bir yilda 2 million dona mashina ishlab chiqaruvchi ushbu konsern dunyo avtomobil sanoati rivojlanishining asosiy tendensiyalarini belgilab bermoqda.

Uchrashuvda kompaniyaning O`zbekistondagi faoliyatini kengaytirishning amaliy jihatlari, xususan, Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarishni tez fursatda yo`lga qo`yish hamda keyingi bosqichlarda uning quvvatini 300 ming donaga etkazish masalalari ko`rib chiqildi.

Mahsulot tannarxini kamaytirish uchun butlovchi va ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish loyihalariga hamda avtomobillarni uchinchi mamlakatlar bozoriga eksport qilishni tashkil etishga alohida e`tibor qaratildi.

Shuningdek, mamlakatimizga “BYD” elektrobuslarini etkazib berish va ularga xizmat ko`rsatish bo`yicha muhandislik-servis markazlarini ochish rejalari qo`llab-quvvatlandi.

    Boshqa yangiliklar