AsosiyJinoyat

Pul evaziga Meksika orqali AQShga jo`natishni va`da qilgan fuqaro qo`lga olindi

'Pul evaziga Meksika orqali AQShga jo`natishni va`da qilgan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

Samarqandda Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo`shma Shtatlariga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Departamentning Oqdaryo tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda fuqaro J.T. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, uni Turkiya va Meksika davlatlari orqali AQShga yuborish uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va`da qilib, oldindan kelishilgan 16 000 AQSh dollaridan 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar