Hindistonning Haydaroboddan Agartala shahriga Indigo reysi bilan uchayotgan erkak qo`nish vaqtida samolyot eshigini ochmoqchi bo`lgan, buning uchun uni boshqa yo`lovchilar kaltaklagan, keyinroq polisiya hibsga olgan.
Nashrning qayd etishicha, jinoyatchi 41 yoshli Bisvajit Debnat bo`lgan. Avvaliga u styuardessalarga qo`pol munosabatda bo`lib, keyin esa samolyot eshigini ochishga uringan. Ekipaj uni eshikdan uzoqlashtirgan, keyin boshqa yo`lovchilar tomonidan kaltaklangan.
Samolyot Agartalaga qo`ngach, bezori polisiyaga topshirilgan, polisiya uni kaltaklashdan olgan jarohatlari uchun kasalxonaga olib ketgan. Bundan tashqari, u jarohat etkazgan ikki styuardessaga ham tibbiy yordam ko`rsatilgan.