Sergelida portlagan omborxona kimga qarashli edi? Shov-shuvlarga oydinlik kiritildi

Jamiyat 28.09.2023, 11:39
Sergelida portlagan omborxona kimga qarashli edi? Shov-shuvlarga oydinlik kiritildi

Bugun Toshkent shahridagi “Inter logistiks” MChJga qarashli omborda sodir bo`lgan yong`in ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Muhokamalarda yong`in ob`ekti bojxona inshooti sifatida talqin qilinmoqda. Bojxona matbuot xizmati xodimi Xusan Tangriev xabarlarga oydinlik kiritdi.

Ta`kidlanishicha, mazkur omborning ma`lum bir qismi bojxona ombori maqomiga ega.

"Bojxona ombori – tadbirkorlik sub`ektlarining lisenziyalanadigan  faoliyat turiga kiradi. Bunda ombor egasi - tadbirkorlik su`bekti boshqa tadbirkorlarning O`zbekistonga olib kelingan tovarlarini, sodda qilib aytganda, hali “rastamojka” qilinmagan tovarlarni o`zaro kelishuv asosida bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanguniga qadar saqlab turadi.

Dunyo amaliyotida, jahon tajribasida bu kabi omborlar bojxona ombori deb yuritiladi. Hozirda respublikamizda tegishli lisenziyaga ega 400 ga yaqin bojxona omborlari faoliyat yuritmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, bojxona omborlari, xususan yong`in sodir bo`lgan ombor ham bojxona organlarining bino va inshootlari sirasiga kirmasligini eslatib o`tamiz", - deyiladi Qo`mita matbuot xizmati xodimi xabarida. 

Eslatib o`tamiz, bugun, 28 sentyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan bojxona omborxonasida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`ldi. Ayni paytga qadar berilgan ma`lumotlarga ko`ra, portlash va yong`in oqibatida jarohatlanganlar bor, qurbonlar haqida ma`lumot yo`q, hududddagi qator xonadonlar va boshqa ob`ektlar jiddiy zararlangan. Toshkent hokimi portlashdan talofat ko`rgan uylarning zarari qoplab berilishini ma`lum qildi

Ayni paytda yong`in maydoni, jabrlanuvchilar soni aniqlanmoqda. Voqea joyiga Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa mas`ullar etib borgan.

SSVning so`nggi ma`lumotiga ko`ra, portlash oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda. Portlash bo`yicha Prezident topshirig`iga asosan Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1