Tan olinmagan Qorabog` yanvardan tugatiladi

Dunyo 28.09.2023, 12:42
Tan olinmagan Qorabog` yanvardan tugatiladi

Tog`li Qorabog` respublikasi 2024 yil 1 yanvardan tugatiladi. Tan olinmagan respublika prezidenti Samvel Shahramanyan tegishli farmonni imzoladi.

“2024 yil 1 yanvargacha uning idoraviy bo`ysunishidagi barcha davlat muassasalari va tashkilotlari tugatilib, Tog`li Qorabog` respublikasi (Artsax) o`z faoliyatini to`xtasin”, — deyiladi farmonda.

1991 yil 2 sentyabrda Qorabog` avtonom viloyati va Ozarbayjon SSRga tutash hududlarning bir qismi chegaralarida Tog`li Qorabog` respublikasi tashkil topgani e`lon qilingandi. Respublika BMTga a`zo bo`lgan birorta davlat tomonidan tan olinmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1