AsosiyDunyo
2054

Qozog`istonda butun shahar “svet"siz qoldi

'Qozog`istonda butun shahar “svet"siz qoldi'ning rasmi

Qozog`istonning Qarag`anda shahridagi issiqlik elektr stansiyasida ro`y bergan avariya tufayli butun shahar elektr ta`minotidan uzilib qoldi. Bu haqda viloyat hokimligiga tayanib, “Nur” nashri xabar berdi

“Issiqlik elektr stansiyasida himoyani faollashtirish ko`rinishida texnik qoidabuzarlik sodir bo`ldi. Oqibatda 220 kV tashqi elektr taqsimlash moslamasi o`chirildi. Sabablar va holatlar o`rganilmoqda. Elektr ta`minotisiz qolgan abonentlar soniga ham aniqlik kiritilyapti”, deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida. 

“Karaganda Energy Center”ning rasmiy veb-saytiga ko`ra, Qarag`anda Issiqlik elektr stansiyasi mintaqaviy ahamiyatga ega. U 1977 yilda foydalanishga topshirilgan. IESning quvvati 532,2 - 670 MVtni tashkil qiladi. Elektr stansiyasida 880 nafar xodim ishlaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar