Toqaev: "Qozog`iston Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimiga amal qiladi"

Dunyo 29.09.2023, 09:17
Toqaev: "Qozog`iston Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimiga amal qiladi"

Germaniyada bo`lib o`tgan matbuot brifingida prezident Qosim-Jomart Toqaevga Qozog`istonning Rossiya bilan munosabatlari, Rossiya va Ukraina o`rtasidagi mojaroga munosabati hamda Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya etilishi haqida savollar berildi, deb xabar beradi Akorda.

“Qozog`iston harbiy harakatlarni zudlik bilan to`xtatish va BMT Nizomi asosida tinchlik muzokaralarini o`tkazish tarafdori. Bugun men muhtaram janob kanslerga vaziyat juda jiddiy ekanini aytdim. Rossiya tomoni ham, Ukraina tomoni ham muzokaralarga tayyor ekanliklarini da`vo qilmoqda, biroq muzokaralar platformasi nihoyatda noaniq. Shu bois, men shuni aytgan bo`lardim-ki, dono diplomatiya davri kelmoqda. Biz o`zaro ayblovlarni to`xtatishimiz kerak. Tinchlik muzokaralari uchun har ikki tomon uchun maqbul bo`lgan asosni topish zarur”, — dedi Toqaev Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuvda.

Prezident Qozog`iston tegishli davlatlar va davlatlar guruhlarining Ukraina mojarosini hal qilishning muayyan variantlarini taklif qilayotgan barcha sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlashini ta`kidladi.

“Qozog`iston va Rossiya o`rtasidagi chegaraga kelsak, u o`z vaqtida delimitasiya qilingan va asosan demarkasiya qilingan, ikki davlat parlamentlari tomonidan tasdiqlangan va ratifikasiya qilingan. Shuning uchun bizda Rossiya tomonidan hududiy da`volar bo`yicha hech qanday xavotir yo`q. Biz ikki tomonlama asosda, shuningdek, tegishli integrasiya birlashmalari doirasida muntazam do`stona aloqalarni davom ettiramiz”, — dedi u.

Shuningdek, u jurnalistlarning Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilish haqidagi savoliga javob berdi.

“Sanksiyalarni chetlab o`tish mumkin bo`lgan holatlarga kelsak, Qozog`iston sanksiya rejimiga amal qilishini aniq aytdi. Sanksiya rejimiga rioya qilish uchun tegishli tashkilotlar bilan aloqalar mavjud. Menimcha, nemis tomonida sanksiya rejimini chetlab o`tishga qaratilgan mumkin bo`lgan harakatlar yuzasidan xavotir bo`lmasligi kerak”, — dedi prezident.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1