AsosiyDunyo
3665

Rossiyada bu yil qish bo`yi g`ayritabiiy iqlim hukmron bo`lishi kutilmoqda

'Rossiyada bu yil qish bo`yi g`ayritabiiy iqlim hukmron bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

Sinoptiklar nimaga tayyorgarlik ko`rish kerakligini uqtirishmoqda.  Sinoptiklar Rossiyada qishning uch oyida davom etadigan g`ayritabiiy ob-havo haqida gapirishmoqda.

Bu safar iqlimiy vaziyat odatdagidan sal boshqacharoq. Va bunday anomaliyalar noyabr oyining o`rtalaridan namoyon bo`la boshlaydi. Bu haqda Fobos ob-havo markazi meteorologi Evgeniy Tishkoves ma`lumotlariga asoslanib “O`zgidromet” etakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov yozmoqda.

Meteorologning so`zlariga ko`ra, Rossiyada yaqinlashib kelayotgan qish mavsumi iqlim nuqtai nazaridan, mutlaqo atipik bo`ladi. Ob-havo tom ma`noda aqldan ozadi va buning aniq tasdiqlari hozirdan mavjud. Sinoptikka ko`ra, bu safar, rus erlarida qish iqlimiga jahon okeanidagi El-Nino hodisasi bilan bog`liq yuqori suv harorati jiddiy ta`sir qila boshlaydi.

Bunday ko`rsatkichlarning o`zgarishi bu safar sezilarli chegaralarga etadi. Va bu shuni anglatadiki, siklonlar ko`pincha okeanlardan katta nam havo oqimini quruqlikka "xaydab keladi", ular bir vaqtning o`zida ikki haftagacha turib qolishi ya`ni davom etishi mumkin.

Tishkoves ta`kidlaganidek, beqaror ob-havo kuz oxirlarida o`zini namoyon qila boshlaydi. Noyabr kuz mavsumining eng sovuq, eng nam va eng seryog`in oyi bo`ladi.  Garchi barqaror qor qoplami faqat dekabr oyining boshlarida erlarni to`liq qoplasada, oyning o`rtalarida Rossiya hududining ko`p qismida qor yog`a boshlaydi.

Shu bilan birga, dekabr va yanvar oylarida yog`ingarchilik miqdori norma atrofida bo`lishi kerak, ammo fevralda yog`inlar birdaniga me`yordan ikki barobar oshib ketadi va bu an`anaviy ho`l qor, hattoki juda ko`p yomg`ir, xavfli muz yomg`irlari yog`ishiga olib keladi. Umuman olganda, qish muzli hodisalarga boy bo`ladi, deb ogohlantirdi Tishkoves.

Ammo shu bilan birga, dekabr oyida havo harorati odatdagidan ikki daraja yuqori bo`ladi, yanvarda anomaliya allaqachon uch darajaga, fevralda esa to`rt darajaga etadi.

Shunday qilib, Rossiyada butun qish g`ayritabiiy iliq bo`ladi, ammo atipik yog`ingarchilik va doimiy harorat o`zgarishi shaklida juda ko`p xavfli ob-havo hodisalari bilan kechadi.

Fobos ob-havo markazi - bu, mustaqil iqlim markazi bo`lib, uning uzoq muddatli ob-havo prognozlari Rosgidromet ob-havo byurosi ob-havo prognoz xabarlariga mos tushmasligi ham mumkin. Rosgidromet esa butun boshli qish oyi uchun maslahatomus ob-havo prognozini oktyabr oyi o`rtalari yoki so`ngida ishlab chiqadi.


 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar