Doha shahridagi “Amiri Devon” majmuasida davlat tashrifi bilan Qatarda bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olishga bag`ishlangan tantanali marosim bo`lib o`tdi.
O`zbekiston etakchisi Shavkat Mirziyoevni Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy samimiy kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkest ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o`tdilar va rasmiy delegasiyalar a`zolarini qutladilar.
Marosimdan so`ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.