O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 oktyabr kuni Doha shahrida o`ziga ajratilgan qarorgohda Qatar Davlatining sobiq Bosh vaziri, mamlakatdagi qator yirik investisiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol Soniyni qabul qildi.
O`zbekiston va Qatarning etakchi kompaniya va korxonalari o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.
Energetika, sanoat, infratuzilma, turizm, bank-moliya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.
Davlatimiz rahbari ekspertlar guruhini shakllantirish va “yo`l xaritasi”ni qabul qilish orqali qo`shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligini ta`kidladi.