Bugun, 3 oktyabr kuni insoniyat uchun potensial xavfli bo`lgan samoviy jism 34 yildan keyin Erga yaqinlashadi. Olimlarning taxminiga ko`ra, asteroid Erga yaqinlashayotgan paytda sayyoradan 6 million kilometr uzoqlikda bo`ladi. Bu haqda NASAning Erga yaqin ob`ektlarni o`rganish markazi saytida e`lon qilindi.
Hodisa Moskva vaqti bilan taxminan 23:39 da sodir bo`ladi. Amteroid diametri 1 kilometrga teng.
Astronomlarning fikricha, Er orbitasini 7,5 million kilometrdan kamroq masofada kesib o`tadigan osmon jismlari allaqachon odamlar uchun potensial xavflidir.
Osmon jismining tezligi sekundiga 20,96 kilometrni tashkil qiladi. Asteroid birinchi marta bir necha o`n yillar oldin amerikalik astronomlar tomonidan kashf etilgan. Keyin, 34 yil oldin, olimlarning ko`rish maydoniga tushgan samoviy jism kosmosga bug`langandek tuyulgan, ammo endi u radarda yana paydo bo`ldi.