1

O`zbekistonda 2−10 yoshli bolalarda ichak gelmintiozidan ommaviy davolash o`tkaziladi

Salomatlik 03.10.2023, 13:21
O`zbekistonda 2−10 yoshli bolalarda ichak gelmintiozidan ommaviy davolash o`tkaziladi

Oktyabr-noyabr oylarida O`zbekistonda 2−10 yoshli bolalarni ichak gelmintiozidan ommaviy davolashning navbatdagi bosqichi o`tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, sentyabr oyida SES ko`rsatma xati asosida mamlakatning barcha hududlarida bolalar bog`chalari va boshlang`ich sinf maktab o`quvchilari ichak gelmintiozi bo`yicha laboratoriya tekshiruvlari o`tkazildi. O`tkazilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash maqsadida degelmintizasiya tadbirlaridan ikki haftadan so`ng xuddi shu kontingentlar orasida laboratoriya tekshiruvlari qayta amalga oshiriladi, ya`ni degelmintizasiyadan oldin va keyin bolalarda ichak gelmintozlari bilan kasallanish darajasi o`rganiladi.

O`tgan yillarda o`tkazilgan bunday tadqiqotlar o`z samarasini ko`rsatdi, ya`ni gelmintlar bilan kasallanish 3−4 martaga kamaydi, deyiladi qo`mita xabarida.

Gelmintioz — bu inson tanasida, asosan bolalarda gelmintlarning (qurtlarning) parazitlanishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.

Ommaviy degelmintizasiya maktabgacha ta`lim muassasalari va maktablarda yiliga ikki marta amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1