AsosiyDunyo

Chikagolik 104 yoshli onaxon parashyutda sakradi

'Chikagolik 104 yoshli onaxon parashyutda sakradi'ning rasmi

Chikagolik 104 yoshli ayol 4100 metr balandlikdan sakrab, Ginnesning rekordlar kitobidan dunyodagi eng keksa parashyutchi sifatida joy olishni umid qilmoqda. 

O`qituvchilar keksa Doroti Xoffnerga bortga chiqishga yordam berishdi, shundan so`ng samolyot to`rt kilometrdan ko`proq balandlikka ko`tarildi. Amerikalik tajribali parashyutchi Derek Baxter bilan tandemda sakrashni amalga oshirdi.

Trenerning aytishicha, sakrashdan oldin ayol o`zini xotirjam va ishonchli tutgan. Xoffner, "yosh shunchaki raqam" ekanligini qo`shimcha qildi va uning keyingi sarguzashtlari havo sharida sayr qilish bo`lishini ta`kidladi.

Hozircha bu yo`nalish bo`yicha rekord 2022 yil may oyida parashyutdan sakragan shvesiyalik 103 yoshli Linniya Ingegaard Larssonga tegishli. Xoffnerning sakrashini tashkil qilgan kompaniya ham Ginnesning rekordlar kitobiga amerikalik yutug`ini rekord deb tan olishidan manfaatdor ekanligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar