1

Bugun ham "Xanchjou-2022" XIX Osiyo o`yinlarida o`zbekistonliklar medallar uchun bellashadi

Sport 04.10.2023, 12:02
Bugun ham  "Xanchjou-2022" XIX Osiyo o`yinlarida o`zbekistonliklar medallar uchun bellashadi

Bugun "Xanchjou-2022" XIX Osiyo o`yinlarining o`n birinchi kungi bahslari boshlandi.

Unda O`zbekiston sportchilari ot sporti, veloshosse, yunon-rum kurashi, chim ustida xokkey, suvga sakrash, boks, shaxmat, og`ir atletika, engil atletika va futbol turlarida vatanimiz sharafini himoya qilayaptilar.  

 Jumladan, futbol bahslarining yarim final uchrashuvlari bo`lib o`tadi. Unda O`zbekiston va Janubiy Koreya olimpiya terma jamoalari o`zaro bellashadi.   Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Bundan tashqari, boks bo`yicha  -51 kg vaznda yarim final bahsi ham ko`pchilikni qiziqtirish tabiiy. Ushbu jang Hasanboy Do`smatov - Tomoya Suboi (Yaponiya) o`rtasida bo`lib o`tadi.

Xitoyda bo`lib o`tayotgan XIX Osiyo o`yinlari 8 oktyabrgacha davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1