1

“Xanchjou-2022”: Bir kishi kam bo`lib o`ynagan O`zbekiston jamoasi Janubiy Koreyaga final uchun kurashda yutqazdi

Sport 04.10.2023, 20:24
“Xanchjou-2022”: Bir kishi kam bo`lib o`ynagan O`zbekiston jamoasi Janubiy Koreyaga final uchun kurashda yutqazdi

Osiyo O`yinlari-2022 futbol dasturi yarimfinal doirasidagi bahslar yakunlanib, finalchilar va 3-o`rin uchun kurashadigan jamoalar nomi ma`lum bo`ldi.

Hanchjoudagi o`yinda Temur Kapadze murabbiyligidagi O`zbekiston olimpiya jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushdi. 4-daqiqadayoq Chon Vu Yon hisobni ochdi – 1:0.

25-daqiqaga kelib Jasur Jaloliddinov jarima zarbasidan yo`llagan ajoyib zarbasi evaziga hisobni tenglashtirdi – 1:1.

38-daqiqaga kelib esa himoyadagi qo`pol xatodan keyin Chon Vu Yon dublini rasmiylashtirdi – 2:1.

Ikkinchi bo`limda vakillarimiz hisobni tenglashtirish uchun har qancha urinishmasin, koreyaliklar g`alabani saqlab qolishdi. Ustiga-ustak Bo`riev 75-daqiqada ikkinchi marta ogohlantirilib, maydondan chetlatildi.

Ikkinchi yarimfinal bahsida Yaponiya Gong Kongni 4:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, turnirning amaldagi chempioni Janubiy Koreya finalda Yaponiyaga qarshi o`ynaydigan bo`ldi. O`zbekiston esa bronza medali uchun yana Gon Kongga qarshi maydonga tushadi. Bu turnirdagi o`zaro 3-o`yin bo`ladi. Bahslar 7 oktyabr kuni bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1