Bugun “Darakchi” tahririyati og`ir judolikka uchradi: gazetaning ruscha nashri "Darakchi plyus"ning eng iste`dodli va faol jurnalisti Suriya Magdieva bevaqt olamdan o`tdi.
Marhumani butun Respublika, ayniqsa, Namangan (u poytaxtga kelishidan oldin "Namangan haqiqati"da ishlagan) iste`dodli jurnalist sifatida yaxshi bilardi. U hech ham charchamaydigan, serharakat, respublikadagi barcha tadbirlarda faol, jamoada barchaga mehribon va aqlli inson edi.
U “Darakchi plyus” gazetasining rivojlanishida o`zining beqiyos hissasini qo`shdi. U ijtimoiy soha, kommunal xizmatlar, sog`liqni saqlash, inklyuziv ta`lim haqida ko`p yozardi, maktab muammolarini yoritgan, son-sanoqsiz intervyular olgan, press-turlarda va matbuot anjumanlarida esa faol qatnashardi.
Bugun "Darakchi" tahririyati og`ir yo`qotishni boshdan kechirmoqda. Suriya Magdievaning ijodi gazeta sahifalarida va uning yorqin siymosi esa qalbimizda abadiy qoladi.