Afg`oniston g`arbida sodir bo`lgan zilzila qurbonlari soni 500 nafarga etdi, deya xabar beradi OAV Afg`oniston Qizil yarim oy jamiyati rasmiysi Erfanulla Sharafzoyga tayanib.
Avvalroq OAVda shanba kuni Evropa-O`rtaer dengizi seysmologik markazi (EMSC) magnitudali bir necha zilzila qayd etgani haqida xabar berilgandi.
Zilzila o`chog`i Hirot shahridan 40 kilometr uzoqlikda, chuqurligi 10 kilometr bo`lgan. Er silkinishlari Turkmaniston Ashxobodida ham sezilgan. Mamlakatda qurbonlar va vayronalar haqida ma`lumot yo`q.
Eslatib o`tamiz, bir oydan kamroq vaqt oldin Marokashda ro`y bergan kuchli zilzila natijasida 2 mingdan ortiq kishi halok bo`lgan, 2059 kishi jarohatlangan.