AsosiySiyosat

O`zbekiston TIV Afg`onistondagi zilzila qurbonlarining oila a`zolariga hamdardlik bildirdi

'O`zbekiston TIV Afg`onistondagi zilzila qurbonlarining oila a`zolariga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afg`onistondagi zilzila yuzasidan bayonot e`lon qildi.

Vazirlik ko`plab insonlarning halok bo`lishi va keng ko`lamli vayronagarchiliklarga olib kelgan zilzila haqidagi xabar O`zbekistonda chuqur qayg`u bilan qabul qilinganini bildirgan.

"Zilzila qurbonlarining oila a`zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz, afg`on xalqining qayg`usiga sherikmiz va jabrlanganlarning tezroq sog`ayib ketishini tilaymiz.

O`zbekiston tomoni Afg`oniston va uning xalqi bilan bugungi og`ir damlarda birgadir", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar