1

Xanchjou olimpiya sport markazi stadionida XIX yozgi Osiyo o`yinlarining tantanali yopilish marosimi bo`lib o`tdi (foto)

Sport 08.10.2023, 19:39
Xanchjou olimpiya sport markazi stadionida XIX yozgi Osiyo o`yinlarining tantanali yopilish marosimi bo`lib o`tdi (foto)

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syanning taklifiga binoan ayni paytda ishchi tashrif bilan ushbu mamlakatda bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mazkur tadbirda ishtirok etdi.


Joriy yilning 23 sentyabr – 8 oktyabr kunlari o`tkazilgan “Xanchjou-2022”da mamlakatimiz sportchilari munosib ishtirok etdi va 22 ta oltin, 18 ta kumush, 31 ta bronza medaliga sazovor bo`ldi. Umumjamoa hisobida faxrli beshinchi o`rinni egalladi.



Shuni qayd etish joizki, bu ko`rsatgich o`zbekistonlik sportchilarning Osiyo o`yinlarida shu paytgacha qo`lga kiritgan eng yaxshi natijasidir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1