Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi mamlakat «urush holati»ga kirganini e`lon qildi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi bayonotida aytiladi, deb yozadi The Time of Israel.
Qayd etilishicha, hukumat to`g`risidagi qonunning 40-bandini kiritish ma`qullangan – u urush holatini e`lon qilish tartibini nazarda tutadi. Oxirgi marta bu band 50 yil oldin, 1973 yilda kuchga kirgan.
Eslatib o`tamiz, 7 oktyabr kuni ertalab Isroil armiyasi G`azo sektoridagi HAMAS guruhi Isroil tomon raketa otganini ma`lum qildi. Bunga javoban mamlakat mudofaa kuchlari G`azoda harbiy operasiya boshladi.