Joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G`azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Shundan beri ikki tomondan ham tinimsiz raketa zarbalari berilmoqda. Urush oqibatida G`azo sektorida kki tomondan qurbonlar soni 1600 dan oshdi. Yana 187 mingdan ortiq aholi o`z uylarini tashlab ketishga majbur bo`lgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma`lum qildi.
HAMAS harakati Isroilga qarshi raketa otishda davom etmoqda, Isroil kuchlari ham harakat pozisiyalariga intensiv hujumlar uyushtirmoqda.
Kecha, 9 oktyabr kuni HAMAS'ning Isroilga hujumi oqibatida jami 900 dan ortiq isroillik, shuningdek, chet el fuqarolari halok bo`lgan.
Isroil Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, kamida 2616 kishi jarohat olgan.
G`azo Sog`liqni saqlash vazirligi esa 687 falastinlik halok bo`lgani, yana 3800 nafari yaralanganini ma`lum qilgan.
Oxirgi 24 soat ichida G`azo sektoridagi ommaviy ko`chirilishlar soni 187 518 dan ortiq kishiga etdi va bundan buyon ham ortishi kutilmoqda. G`azoda jangovar harakatlar avj olgandan beri to`rtta maktab va sakkizta tibbiyot muassasasi zarar ko`rgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, G`azo sektorida vaqtinchalik ko`chirilganlar soni 2014 yilda 50 kunlik janglar avj olganidan beri eng yuqori ko`rsatkichdir.






