AsosiyDunyo

Isroil hujumi oqibatida G`azo sektoridagi qurbonlar 1500 kishidan ortdi

'Isroil hujumi oqibatida G`azo sektoridagi qurbonlar 1500 kishidan ortdi'ning rasmi

Isroilning G`azoga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo`lganlar soni 1500 kishidan ortdi. Bu haqda G`azo Sog`liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Anadolu” xabar berdi.

Vazirlik tomonidan berilgan yozma bayonotda, mintaqadagi qurbonlar va jarohatlar haqida ma`lumot berilgan.

Bayonotda, 7 oktabrdan beri Isroilning G`azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida 1537 kishi, jumladan 500 bola va 276 ayol halok bo`lgani, 6612 kishi yaralangani qayd etilgan.

Vazirlik o`zining avvalgi bayonotida 1417 kishi halok bo`lganini, 6268 kishi jarohatlanganini bildirgan edi.

Isroilning KAN davlat radiostansiyasi ma`lumotlariga ko`ra, Isroilda 1,3 ming kishi HAMAS hujumlari qurboni bo`lgan. 3,3 mingga yaqin isroillik yaralangan, ulardan 28 nafari o`ta og`ir, 350 nafari og`ir ahvolda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar