Deyarli bir hafta ichida Isroil harbiy-havo kuchlari G`azo sektorida AQSh Afg`onistonda bir yil davomida sarflagan bomba va raketalar miqdorini otib bo`ldi.
Bu haqda BMTning Liviyadagi urush jinoyatlari bo`yicha sobiq tergovchisi Mark Geralsko ma`lum qildi.
Uning qayd etishicha, 6 kun ichida Isroil 6 mingdan ortiq bomba tashlagan, AQSh esa Afg`onistondagi jangovar harakatlar paytida 7423 ta bomba tashlagan.
Bundan tashqari, 2011 yilda Liviyani o`qqa tutish paytida NATO aviasiyasi 7,6 mingdan ortiq bomba va raketalardan foydalangan.
Isroil armiyasi 7 oktyabrdan beri G`azo sektoriga 6000 ga yaqin bomba tashlaganini aytdi.





