Bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:24 da Qozog`istonda zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi.
Zilzila koordinatalari: 42,81 gradus shimoliy kenglik; 69,98 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=3,8. Chuqurlik 10 km.
Zilzila episentri Toshkentdan 183 km shimoliy-sharqda.






