Antisiklon ba`zi hududlarimizda mavsum uchun g`ayritabiiy sovuqlikni taqdim etmoqda. Bu haqda mutaxassis Erkin Abdulahatov ma`lumot berdi.
Uning qayd etishicha, jahon iqlim modellaridan biri 13 oktyabr kuni respublikaning markaziy, qisman janubiy, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari uchun o`rtacha sutkalik havo harorati shu kun uchun xos iqlimiy me`yordan (1981-2010 yillarga nisbatan) 8-10 darajagacha pasayib ketishini ko`rsatdi.
O`rtacha iqlimiy me`yor so`nggi 30 yillik o`rtacha qiymatga nisbatan olinishi inobatga olinsa, mazkur chetlashish taxminan 6-8 daraja past ko`rsatkichga mos tushadi.
Chunki, 1981-2010 yillik iqlimiy davrga nisbatan 1991-2020 yillardagi iqlimiy haroratlarda sezilarli farqlar (isish tomonga) mavjud.






