AsosiySalomatlik
6175

Ozish uchun ko`kat – selderey

Selderey tananing tonusini ko`tarib, asablarni tinchlantiradi, uyquni yaxshilaydi. Uning tarkibidagi birikmalar stressga qarshi ta`sirga ega bo`lib, efir yog`lariga boy. Organizmni toksinlardan tozalab, keksayishning oldini oladi, peshob haydash va ich yumshatish xususiyatiga ega, modda almashinuvini yaxshilaydi. Shu sababli, u ortiqcha vazn, qandli diabet va teri kasalliklarida samarali vosita hisoblanadi. Ko`katni kuniga 100 ml. iste`mol qilish lozim.

Yarim stakan selderey sharbatiga bir osh qoshiq asal aralashtiring va taomdan avval iching. Bu ishtahani bug`adi va immunitet tizimini mustahkamlaydi. Selderey, gazanda o`t va qoqi o`tning sharbatini aralashtirib ichish qonni tozalaydi xamda teri kasalliklariga shifo bo`ladi.

Mumkin emas: homilador va emizikli ayollarga selderey ko`katini iste`mol qilish tavsiya etilmaydi. 

Boshqa yangiliklar