Isroilning G`azo sektoriga 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlari qurbonlari soni 2329 kishiga etdi. Bu haqda G`azo Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Hisobotga ko`ra, Isroil kuchlarining so`nggi hujumlarida yana 114 nafar falastinlik halok bo`lgan.
Mintaqada vaziyat oxirgi marta keskinlashganidan buyon 9042 falastinlik yaralangan.
Shunga ko`ra, uzluksiz va shiddatli portlashning 9-kunida jami 2 ming 329 kishi halok bo`ldi, 9 ming 42 kishi tan jarohati oldi.
Isroil armiyasi 9-kun ketma-ket G`azo sektoridagi shaharlarni intensiv bombardimon qilmoqda.
7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari Isroilga qarshi Al-Aqso to`foni operasiyasi boshlanganini e`lon qildi. G`azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
Hamasning aytishicha, operasiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo`ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G`azo sektorida XAMASga qarshi o`nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda “Temir qilichlar” operasiyasi boshlanganini e`lon qildi.





