1

"Yalla"ning kutilgan konsertida kutilmagan xushxabar aytildi (video)

Madaniyat 15.10.2023, 15:40
"Yalla"ning kutilgan konsertida kutilmagan xushxabar aytildi (video)

10-11- hamda 12 oktyabr kunlari Kasaba uyushmalari saroyida uzoq kutilgan, afsonaviy "Yalla" guruhining yakkaxon konsert dasturi bo`lib o`tdi. 

Konsert davomida ijro etilgan taronalarning asosiy qismi xalqimizning nafaqat xotiralariga, balki qalblariga muhrlangan o`sha mashhur "Majnuntol", "Uchquduq", "Shahrisabz" hamda "Qarg`alar" kabi taronalar edi. 

Konsertga tashrif buyurgan mashhurlar orasida Bunyodbek Saidov ham bor edi. "Yalla" ansambli rahbari Farruh Zokirov xonandani sahnaga taklif qildi va ular xorazmcha ashulani birga kuylashdi. 

Shundan so`ng Farruh Zokirov Abdulla Shomag`rupov bilan birga "Andijon" qo`shig`ini jonli tarzda, mikrafonsiz ijro etdi.

Konsert yakuniga etgach, biz muxlislarga mikrafon tutdik. 

Sahnada kutilmaganda e`lon qilingan xushxabar, ya`ni Farruh Zokirovga "Tatariston xalq artisti" unvoni berilganini eshitgach, ularni qutlash va ushbu xabardan keyingi taassurotlarini bilish uchun xonandaning suhbatini oldik...

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1