1

Olimlar yurak xurujidan himoyalanishning oddiy usulini aniqlashdi

Salomatlik 15.10.2023, 16:18
Olimlar yurak xurujidan himoyalanishning oddiy usulini aniqlashdi

Samara universiteti olimlari inson tanasining yurak va puls ritmlariga asoslangan holda qon tomirlarining qayishqoqligini baholashga imkon beradigan maxsus diagnostika usulini taklif qildi. Bu aterosklerozni dastlabki bosqichlarda tashxislash, shuningdek, og`ir yurak kasalliklarining oldini olish imkonini beradi.

Inson qon aylanish tizimining xususiyatlaridan biri tomirlarning qayishqoqligidir. Agar devorlar qattiq bo`lsa, yurak xuruji hamda aterosklerozga moyillikni ko`rsatadi.

Qon tomirlarining joriy qayishqoqligini baholash uchun an`anaviy ravishda qimmatbaho ultratovush uskunalari va rentgen tizimlariga asoslangan usullar qo`llaniladi. Bu esa yuqori malakali mutaxassislarning ishtirokini talab qiladi. Samara universitetida yangi usul taklif qilindi: yurak urishi va ritmlarini tahlil qilish.

Kelajakda noinvaziv baholashning ushbu juda oddiy usulini joriy etish dastlabki tashxis samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, shuningdek, ko`p hollarda yurak xurujining oldini oladi. Kelajakda tadqiqotchilar yurak-qon tomir tizimining faoliyati sohasidagi bilimlarni kengaytirish uchun ko`proq mutaxassislar e`tiborini jalb qilish niyatida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1